Boshlovchilar uchun Python

Python’ni amalda o‘rganing.

Birinchi kodingizni brauzerda yozing. Har bir darsda masala yeching va kerak bo‘lganda AI mentordan yordam oling.

  • Bepul
  • O‘rnatish shart emas
  • O‘zbek tilida

salom.py

Python 3
# Birinchi dasturingiz
ism = input("Ismingiz?")print(f"Salom, {ism}!")
Natija shu yerda chiqadi
kurs
4
dars
194
amaliy mashq
190
o‘quvchi
516

01 — Kurslar

Qaysi kursdan boshlaysiz?

Dasturlashga yangi bo‘lsangiz, Python asoslaridan boshlang.

01

Python asoslari

52 dars51 mashq

Kurs mavzulari
  1. Salom Dunyo
  2. Ma'lumotlarni chiqarish
  3. Izohlar
  4. Arifmetik amallar
  5. O'zgaruvchilar
  6. Ma'lumot tiplari
  7. Malumotlarni kiritish
  8. Satrlar bilan ishlash
  9. Boolean tipi
  10. Mantiqiy operatorlar
  11. Shartli operatorlar
  12. Takrorlanish operatorlari
  13. Funksiyalar
  14. Kurs yakunlash
Birinchi darsni ochish
02

Ma'lumotlar tuzilmalari va algoritmlar

70 dars69 mashq

Kurs mavzulari
  1. List
  2. List metodlari
  3. Matrix (2D List)
  4. Dictionary
  5. Dictionary metodlari va amaliy ishlar
  6. Tuple va Set
  7. Algoritm asoslari va murakkablik
  8. Qidiruv algoritmlari
  9. Tartiblash algoritmlari
  10. Stack
  11. Queue
  12. Class bilan tuzilma yaratish
  13. Linked List
  14. Rekursiya
  15. Tree (Daraxt)
  16. Kurs yakunlash
Birinchi darsni ochish
03

OOP - Obyektga yo'naltirilgan dasturlash

28 dars27 mashq

Kurs mavzulari
  1. OOP asoslari
  2. Atributlar va metodlar
  3. Encapsulation
  4. Meros
  5. Polimorfizm
  6. Maxsus metodlar
  7. Kurs yakunlash
Birinchi darsni ochish
04

Ma'lumotlar bazasi va SQL asoslari

44 dars43 mashq

Kurs mavzulari
  1. Ma'lumotlar bazasiga kirish
  2. Ma'lumotlarni filtrlash
  3. Tartiblash va cheklash
  4. Agregat funksiyalar
  5. Ifodalar va funksiyalar
  6. Jadvallarni bog'lash (JOIN)
  7. Quyi so'rovlar
  8. Ma'lumotlarni o'zgartirish
  9. Jadvallar yaratish
  10. Murakkab so'rovlar
  11. Kurs yakunlash
Birinchi darsni ochish

02 — Afzalliklar

Nega dasturlab.uz?

Zamonaviy, interaktiv platforma — dasturlashni oson va qiziqarli o'rganing.

AI Mentor

Tushunmadingizmi? 24/7 ishlaydigan shaxsiy AI mentor kodingizni tekshiradi, xatolarni sodda tilda tushuntiradi va keyingi qadamni ko'rsatadi.

Tezkor natija

Birinchi darsdayoq haqiqiy kod yozasiz — hech narsa o'rnatish shart emas, hammasi brauzeringizda ishlaydi.

Tizimli o'rganish

Noldan bosqichma-bosqich: har bir mavzuni amaliy mashqlar yechish orqali mustahkamlab borasiz.

Faqat o'qimang — ko'ring

Algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalari qanday ishlashini jonli, qadam-baqadam animatsiyalarda ko'ring — har bir mavzu darslarga singdirilgan.

  • Saralash
  • Kod ijrosi
  • Rekursiya
  • Daraxtlar (BST)
  • Bog'langan ro'yxat
  • Stek va navbat
  • Qidiruv
  • Murakkablik grafigi
  • + yana ko'plab

Yuqoridagi animatsiyalar — platformadagi haqiqiy darslardan. Avval ko'rib tushunasiz, so'ng o'zingiz kod yozib mustahkamlaysiz.

O'quvchilar bahosi

O'quvchilarning platformaga bergan baholari.

4.6
77 ta fikr
  • 563 (82%)
  • 48 (10%)
  • 32 (3%)
  • 21 (1%)
  • 13 (4%)

03 — Savol-javob

Savollaringiz bormi?

Eng ko'p beriladigan savollarga javoblar.

AI — kuchli vosita, lekin undan to'g'ri foydalanish uchun avval o'zingiz dasturlashni tushunishingiz kerak. Kodni o'qiy olmasangiz, AI bergan yechim to'g'rimi yoki xatomi — buni baholay olmaysiz. Dasturlash sizga mantiqiy fikrlash va muammolarni yechishni o'rgatadi. AI ishni tezlashtiradi, ammo nima qurishni va qaysi yechim to'g'riligini hal qiladigan inson — bu siz.

Python — boshlovchilar uchun eng mos til: sintaksisi sodda va inglizcha gapdek o'qiladi, shuning uchun ortiqcha qoidalarni yodlamay, dasturlash mantiqiga e'tibor qaratasiz. Ayni paytda u dunyodagi eng ommabop tillardan biri — web, sun'iy intellekt, data science va avtomatlashtirishda keng ishlatiladi, dasturchilarga talab esa yildan-yilga ortib boradi. Shu bois Python — IT karyerangizni boshlash uchun eng yaxshi birinchi til.

Ha — barcha darslar va kurslar mutlaqo bepul. Ro'yxatdan o'ting va hoziroq o'rganishni boshlang. Hech qanday yashirin to'lovlar yo'q.

Yo'q, hech qanday oldingi tajriba talab qilinmaydi. Kurslar noldan boshlab tuzilgan bo'lib, har bir tushuncha oddiy misollar orqali tushuntiriladi.

Bu sizning o'rganish tezligingizga bog'liq. Ko'pchilik foydalanuvchilar kuniga 30-60 daqiqa vaqt ajratib, 2-3 oy ichida Python asoslarini o'zlashtirishadi.

AI mentor sizga 24/7 yordam berishga tayyor. U sizning kodingizni tekshiradi, xatolarni tushuntiradi va masalalarni yechishda qadamma-qadam yo'naltiradi.

Birinchi dasturingizni bugun yozing.

Ro‘yxatdan o‘ting va birinchi darsni hoziroq boshlang — bepul.

Bepul boshlash