Kuni kecha Cursor'ning background agentiga loyihalarimdan birida sal kattaroq o'zgarish qilishni topshirdim.
Tajriba
Agent bilan 2 soatlik suhbat, 16 ta fayldagi 800 qator o'zgarish va qo'shimcha $3.53 xarajat qilingandan keyin, nihoyat ishlaydigan versiyaga PR ochdim.
Ertasiga "staging" muhitida asosiy funksiyalardan biri ishlamay qoldi. Oxir-oqibat agent qilgan barcha o'zgarishlarni orqaga qaytardim va agentga topshirgan vazifani o'zim 1 soat ichida qaytadan yozib chiqdim.
Natija
Bor-yo'g'i 4 faylda taxminan 50 qator o'zgarish va to'g'ri ishlaydigan kod.
| AI Agent | Qo'lda yozish | |
|---|---|---|
| Vaqt | 2 soat | 1 soat |
| Fayllar soni | 16 | 4 |
| O'zgarishlar | ~800 qator | ~50 qator |
| Xarajat | $3.53 | $0 |
| Natija | Ishlamadi | Ishladi |
Xulosa
Bundan xulosam shuki, hozircha AI agentlar murakkab vazifalarni mustaqil bajarishga tayyor emas.
