So'nggi paytlarda "Vibe Coding" uslubi dasturchilar orasida ommalashib bormoqda.
Vibe Coding nima?
"Vibe Coding" deganda asosan GitHub Copilot, Cursor, WindSurf, Tabnine kabi AI kod yordamchilariga tayanib dasturlash nazarda tutiladi. Bunda dasturchi asosiy e'tiborini biznes logikani qurishga qaratadi va kod yozishni AI yordamchisiga topshiradi.
Tajriba — eng muhim omil
Bu holatga yuzaki qaraganda, xuddi dasturlash uchun endi chuqur tajriba va bilim kerak emasdek tuyulishi mumkin. Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, "Vibe Coding" dasturchidan yanada ko'proq tajriba, bilim va mas'uliyat talab qiladi.
Formula-1 o'xshatmasi
Tajribasiz dasturchi + AI assistent juftligi — bu xuddi Formula-1 mashinasini boshqarayotgan tajribasiz haydovchi kabidir. Mashina qanchalik zamonaviy va aqlli bo'lmasin, uni to'g'ri boshqarish uchun tajriba kerak. Aks holda, yuqori tezlik fojeaga olib kelishi muqarrar.
Xulosa
AI yordamchilardan samarali foydalanish uchun:
- Dasturlash asoslarini puxta o'rganish
- Kamida bitta dasturlash tilini chuqur bilish
- Amaliy tajriba orttirish
Bularning barchasi juda muhim.
