Ba'zi amallar ro'yxat qanchalik katta bo'lishidan qat'i nazar, har doim bitta qadam da bajariladi. Bu O(1) — konstantali murakkablik deyiladi.
Masalan, ro'yxatdan indeks bo'yicha element olish:
Ro'yxatda 5 ta element bo'lsa ham, 1 million ta bo'lsa ham — sonlar[0] har doim bitta qadamda ishlaydi. Sikl yo'q, qidirish yo'q — to'g'ridan-to'g'ri kerakli joyga boradi.
Yana bir nechta O(1) amallar:
Arifmetik amallar, o'zlashtirish, taqqoslash — bularning barchasi O(1). Ma'lumotlar hajmi qancha bo'lishidan qat'i nazar, har doim bir xil tezlikda ishlaydi.
Keling, O(1) ni grafikda ko'raylik:
O(1) — tekis chiziq. n qancha oshmasin, qadamlar soni o'zgarmaydi. O(n) esa n bilan birga o'sadi.
Muhim qoidalar: