Python da class — bu o'zimizga kerakli ma'lumotlar tuzilmasini yaratish usuli. Biz class yordamida bir nechta ma'lumotni bitta ob'ektda saqlaymiz.
Nima uchun kerak?
Tasavvur qiling, talabaning ismi va yoshini saqlashingiz kerak. Oddiy o'zgaruvchilar bilan:
ism1 = "Ali"
yosh1 = 20
ism2 = "Vali"
yosh2 = 22Agar 100 ta talaba bo'lsa, 200 ta o'zgaruvchi kerak bo'ladi! Class bu muammoni hal qiladi — har bir talaba uchun bitta ob'ekt yaratamiz.
Birinchi class:
class Talaba:
def __init__(self, ism, yosh):
self.ism = ism
self.yosh = yoshBu yerda:
class Talaba: — yangi tuzilma yaratamiz__init__ — ob'ekt yaratilganda chaqiriladigan maxsus funksiyaself — ob'ektning o'ziga ishora (har doim birinchi parametr)self.ism va self.yosh — ob'ektning atributlari (xususiyatlari)Ob'ekt yaratish:
class Talaba:
def __init__(self, ism, yosh):
self.ism = ism
self.yosh = yosh
t1 = Talaba("Ali", 20)
t2 = Talaba("Vali", 22)
print(t1.ism) # Ali
print(t1.yosh) # 20
print(t2.ism) # Vali
print(t2.yosh) # 22Talaba("Ali", 20) — bu ob'ekt yaratadi. t1.ism — ob'ektning ism atributiga murojaat.
Muhim qoidalar:
Talaba, Mashina, Kitob__init__ — ob'ekt yaratilganda atributlarni o'rnatadiself — har doim birinchi parametr, ob'ektning o'zini bildiradi. (nuqta) orqali murojaat qilamiz: t1.ismMashina class yaratish
Quyidagi amallarni bajaring:
Mashina nomli class yaratingnomi va rangi atributlari bo'lsin