Bu — "Class bilan tuzilma yaratish" bo'limining yakuniy mashqi. Bo'lim davomida siz oddiy class yaratish va class ob'ektlarini list da saqlashni o'rgandingiz.
Bu bo'limda o'rgangan asosiy vositalar:
class Mahsulot: va __init__ bilan atributlar berish (nom, narx, son)mahsulotlar = [] ga append() qilib yig'ishfor m in mahsulotlar: bilan har bir ob'ektning atributlaridan foydalanishMaslahat: har bir mahsulot uchun ob'ekt yarating, ularni listga qo'shing, so'ng sikl bilan m.narx * m.son larni yig'indiga qo'shing.
Do'kon mahsulotlari — umumiy qiymat
Sizga mahsulotlar ma'lumotlari beriladi. Umumiy qiymatni hisoblang (har bir mahsulotning narxi * soni yig'indisi).
Birinchi qatorda mahsulotlar soni n beriladi. Keyingi n ta qatorda har birida mahsulotning nomi, narxi va soni bo'sh joy bilan ajratilgan holda beriladi.
Misol:
Kiritish:
3
Olma 5000 10
Non 3000 25
Sut 8000 15Umumiy qiymat: 5000*10 + 3000*25 + 8000*15 = 245000
Chiqish:
245000