Dictionary yaratish uchun jingalak qavslar {} ishlatiladi. Har bir element kalit: qiymat formatida yoziladi:
# Bo'sh dictionary
bo_sh = {}
# Ma'lumotli dictionary
talaba = {
"ism": "Ali",
"yosh": 20,
"baho": 85
}
print(talaba)
# {'ism': 'Ali', 'yosh': 20, 'baho': 85}Qiymatga murojaat uchun kalit kvadrat qavs ichida yoziladi:
talaba = {"ism": "Ali", "yosh": 20, "baho": 85}
print(talaba["ism"]) # Ali
print(talaba["yosh"]) # 20
print(talaba["baho"]) # 85Agar kalit mavjud bo'lmasa, KeyError xatosi chiqadi:
# talaba["manzil"] # KeyError: 'manzil'Turli xil qiymat tiplari ishlatish mumkin:
mahsulot = {
"nomi": "Laptop",
"narxi": 1500.0,
"mavjud": True,
"ranglar": ["qora", "kumush"]
}
print(mahsulot["nomi"]) # Laptop
print(mahsulot["narxi"]) # 1500.0
print(mahsulot["mavjud"]) # TrueKalit turlari: Kalit sifatida satr, son yoki tuple ishlatilish mumkin (lekin list ishlatilmaydi):
telefon_daftar = {
"Ali": "93-123-4567",
"Vali": "90-987-6543"
}
print(telefon_daftar["Ali"]) # 93-123-4567Muhim qoidalar:
{} bilan yaratiladidict[kalit] — qiymatga murojaat qiladiKeyError xatosi chiqadiTalaba ma'lumotlarini o'qish
Quyidagi dictionary yarating va elementlarga murojaat qiling:
talaba dictionary yarating: ism="Ali", yosh=20, baho=85