Dictionary bilan ishlashda asosiy 4 amal mavjud: yaratish, o'qish, o'zgartirish va o'chirish (CRUD).
Yangi kalit-qiymat qo'shish — mavjud bo'lmagan kalit orqali:
talaba = {"ism": "Vali", "baho": 75}
print(talaba) # {'ism': 'Vali', 'baho': 75}
# Yangi kalit qo'shamiz
talaba["sinf"] = "10-A"
talaba["shahar"] = "Toshkent"
print(talaba) # {'ism': 'Vali', 'baho': 75, 'sinf': '10-A', 'shahar': 'Toshkent'}Mavjud qiymatni o'zgartirish — mavjud kalitga yangi qiymat beramiz:
talaba = {"ism": "Vali", "baho": 75}
# Bahoni yangilaymiz
talaba["baho"] = 90
print(talaba) # {'ism': 'Vali', 'baho': 90}Agar kalit mavjud bo'lsa — yangilanadi. Agar yo'q bo'lsa — qo'shiladi. Bu ikkalasi bir xil sintaksis bilan amalga oshiriladi.
Kalit-qiymatni o'chirish — del kalit so'zi bilan:
talaba = {"ism": "Vali", "baho": 90, "sinf": "10-A"}
del talaba["sinf"]
print(talaba) # {'ism': 'Vali', 'baho': 90}Agar kalit mavjud bo'lmasa, KeyError xatosi chiqadi.
Qaysi kalit borligini tekshirish — in operatori bilan:
talaba = {"ism": "Ali", "baho": 85}
if "baho" in talaba:
print("Baho mavjud:", talaba["baho"])
else:
print("Baho yo'q")Muhim qoidalar:
dict[kalit] = qiymat — qo'shadi yoki yangilaydidel dict[kalit] — o'chiradikalit in dict — kalit borligini tekshiradiKeyError chiqadiDictionary ni tahrirlash
Quyidagi amallarni bajaring:
talaba = {"ism": "Vali", "baho": 75} dictionary ga "sinf": "10-A" qo'shing"baho" ni 90 ga o'zgartiring