Dictionary ustida for sikl ishlatish uchun bir nechta usul mavjud.
Kalit bo'yicha aylanish — for kalit in dict::
baholar = {"Ali": 85, "Vali": 90, "Soli": 70}
for ism in baholar:
print(ism)
# Ali
# Vali
# SoliKalit orqali qiymatga ham murojaat qilish mumkin:
baholar = {"Ali": 85, "Vali": 90, "Soli": 70}
for ism in baholar:
print(ism, "->", baholar[ism])
# Ali -> 85
# Vali -> 90
# Soli -> 70items() bilan aylanish — kalit va qiymatni bir vaqtda olish:
baholar = {"Ali": 85, "Vali": 90, "Soli": 70}
for ism, baho in baholar.items():
print(f"{ism}: {baho}")
# Ali: 85
# Vali: 90
# Soli: 70Bu usul eng qulay va tushinarli hisoblanadi.
Faqat qiymatlar bo'yicha aylanish — for qiymat in dict.values():
baholar = {"Ali": 85, "Vali": 90, "Soli": 70}
yigindi = 0
for baho in baholar.values():
yigindi += baho
print("O'rtacha:", yigindi / len(baholar)) # 81.67Shartli aylanish — dictionary ustida filter qilish:
baholar = {"Ali": 85, "Vali": 65, "Soli": 70, "Kamol": 55}
print("O'tganlar:")
for ism, baho in baholar.items():
if baho >= 70:
print(f" {ism}: {baho}")Muhim qoidalar:
for kalit in dict: — faqat kalitlar bo'yichafor k, v in dict.items(): — kalit va qiymat birgafor v in dict.values(): — faqat qiymatlar bo'yichafor k in dict.keys(): — faqat kalitlar bo'yicha (birinchi usul bilan bir xil)Baholarni chiqarish
Quyidagi amallarni bajaring:
baholar = {"Ali": 85, "Vali": 90, "Soli": 70} dictionary ustida sikl yuring"Ali: 85" formatida chiqaring