Ba'zan listga elementni oxiriga emas, ma'lum bir joyga qo'shish kerak bo'ladi. Buning uchun insert() metodi ishlatiladi.
insert(indeks, qiymat) — ko'rsatilgan indeks o'rniga element qo'shadi:
sonlar = [1, 2, 4, 5]
# Indeks 2 ga 3 ni kiritamiz
sonlar.insert(2, 3)
print(sonlar) # [1, 2, 3, 4, 5]Indeks 2 ga yangi element kirgizilganda, 2-indeksdagi va undan keyingi elementlar bir o'ringa siljiydi.
ismlar = ["Ali", "Vali", "Soli"]
# "Kamol" ni birinchi o'ringa qo'shish
ismlar.insert(0, "Kamol")
print(ismlar) # ['Kamol', 'Ali', 'Vali', 'Soli']remove(qiymat) — listdan birinchi uchraydigan qiymatni o'chiradi:
mevalar = ["olma", "banan", "gilos", "banan"]
mevalar.remove("banan")
print(mevalar) # ['olma', 'gilos', 'banan']Diqqat: remove() faqat birinchi uchragan elementni o'chiradi. Agar qiymat listda bo'lmasa, ValueError xatosi chiqadi.
# Agar element yo'q bo'lsa xato chiqadi
sonlar = [1, 2, 3]
# sonlar.remove(10) # ValueError: list.remove(x): x not in listMuhim qoidalar:
insert(0, x) — listning boshiga qo'shadiinsert(len(list), x) — listning oxiriga qo'shadi (append() ga o'xshash)remove(x) — faqat birinchi uchragan x ni o'chiradiValueError xatosi chiqadiListni tahrirlash
Quyidagi amallarni bajaring:
sonlar = [1, 2, 4, 5] listining 2-indeksiga 3 ni kiriting5 ni olib tashlang