Ko'pincha listdagi barcha elementlarni ketma-ket ko'rib chiqish kerak bo'ladi. Buning uchun for sikl ishlatiladi. Pythonda list ustida aylanishning ikki asosiy usuli bor.
1-usul: for element in list — eng sodda va toza usul. Har bir iteratsiyada element o'zgaruvchisi keyingi elementga ega bo'ladi:
# Har bir elementni ketma-ket ko'rsatish
mevalar = ["olma", "banan", "gilos", "shaftoli"]
for meva in mevalar:
print(meva)
# Natija:
# olma
# banan
# gilos
# shaftoli2-usul: for i in range(len(list)) — indeksga ehtiyoj bo'lganda ishlatiladi. i har doim indeksni bildiradi:
# Indeks bilan birga chiqarish
mevalar = ["olma", "banan", "gilos", "shaftoli"]
for i in range(len(mevalar)):
print(i, "->", mevalar[i])
# Natija:
# 0 -> olma
# 1 -> banan
# 2 -> gilos
# 3 -> shaftoliAmaliy misol — baholarning yig'indisini hisoblash:
# O'quvchi baholari
baholar = [85, 90, 72, 60, 95]
yigindi = 0
for baho in baholar:
yigindi += baho # Har bir bahoni yig'indiga qo'shish
print("Jami yig'indi:", yigindi)
print("O'rtacha baho:", yigindi / len(baholar))
# Natija:
# Jami yig'indi: 402
# O'rtacha baho: 80.4Siklda shartlar ham ishlatish mumkin — masalan, faqat katta sonlarni chiqarish:
# Faqat 70 dan yuqori baholarni chiqarish
baholar = [85, 90, 72, 60, 95, 55, 78]
print("A'lochi talabalar baholari:")
for baho in baholar:
if baho >= 85:
print(baho)
# Natija:
# A'lochi talabalar baholari:
# 85
# 90
# 95Muhim qoidalar:
for element in list: — elementlarga bevosita murojaatfor i in range(len(list)): — indeks kerak bo'lgandaif shartlari ham ishlatish mumkinList elementlarini sikl bilan ko'rib chiqish
Quyidagi amallarni bajaring:
sonlar = [5, 10, 15, 20, 25] listi berilgan"Yigindi: ..." ko'rinishida chiqaringBu mashq orqali siz:
for sikli bilan list elementlarini birma-bir ko'rib chiqishni o'rganasiz