Oldingi darslarda biz BST ga element kiritish va in-order traversal ni o'rgandik. Endi bularni birlashtiramiz — baholarni BST ga kiritib, tartiblangan holda chiqaramiz.
G'oya: BST ga saralanmagan sonlarni kiritsak, in-order traversal avtomatik ravishda tartiblangan natija beradi.
baholar = [85, 60, 90, 75, 70]
# BST ga kiritamiz
root = None
for baho in baholar:
root = kiritish(root, baho)
# In-order traversal → tartiblangan!
inorder(root)
# 60
# 70
# 75
# 85
# 90BST bilan baholarni tartiblash
Baholarni kiritib BST yarating. kiritish va inorder funksiyalarini yozing, baholarni tartiblangan holda chiqaring.