Set — bu elementlar o'rtasida tartib yo'q va takrorlanish bo'lmagan ma'lumotlar tuzilmasi.
Set {} yoki set() bilan yaratiladi:
# Set yaratish
mevalar = {"olma", "banan", "gilos"}
print(mevalar) # {'gilos', 'olma', 'banan'} — tartib kafolatlanmaganTakrorlar avtomatik o'chiriladi:
sonlar = {1, 2, 2, 3, 3, 3, 4}
print(sonlar) # {1, 2, 3, 4}Bu set ning eng muhim xususiyati — har bir element faqat bir marta saqlanadi.
Listni set ga aylantirish — takrorlarni olib tashlash uchun:
sonlar_list = [1, 2, 2, 3, 3, 3, 4, 5, 5]
yagona = set(sonlar_list)
print(yagona) # {1, 2, 3, 4, 5}
print(len(yagona)) # 5Set ga element qo'shish — add() metodi:
raqamlar = {1, 2, 3}
raqamlar.add(4)
raqamlar.add(2) # Takrorlangan — qo'shilmaydi
print(raqamlar) # {1, 2, 3, 4}Elementni o'chirish — remove() yoki discard():
raqamlar = {1, 2, 3, 4}
raqamlar.remove(3) # element yo'q bo'lsa KeyError
raqamlar.discard(5) # element yo'q bo'lsa ham xato yo'q
print(raqamlar) # {1, 2, 4}Elementni tekshirish — in operatori:
mevalar = {"olma", "banan", "gilos"}
print("olma" in mevalar) # True
print("uzum" in mevalar) # FalseMuhim qoidalar:
{} yoki set() bilan yaratiladiadd() — element qo'shadi; remove() — o'chiradiNechta xil baho bor?
O'quvchining baholar jurnali berilgan: baholar = [5, 4, 3, 5, 4, 5, 3, 2, 4, 5]
Bu mashq orqali siz: