Dasturlashda ma'lumotlar va ular ustida bajariladigan amallarni birga tartibli saqlash juda muhim. OOP (Object-Oriented Programming) — obyektga yo'naltirilgan dasturlash — buni amalga oshirishning eng keng tarqalgan usullaridan biri.
Tasavvur qiling: avtomobil zavodi. Zavod umumiy bir chizma (blueprint) bo'yicha minglab avtomobil ishlab chiqaradi. Har bir avtomobil chizmaning bir nusxasi — alohida rang, yil, raqam raqami bilan. Ammo barchasi bir xil tuzilmaga ega: 4 g'ildirak, motor, eshiklar.
OOPda bu chizma — klass (class), har bir aniq avtomobil esa — obyekt (object).
# Procedural yondashuv — ma'lumotlar tarqoq
avtomobil1_marka = "Toyota"
avtomobil1_yil = 2020
avtomobil2_marka = "BMW"
avtomobil2_yil = 2022
# OOP yondashuv — ma'lumotlar birlashtirilgan
class Avtomobil:
pass # hozircha bo'sh klass
avto1 = Avtomobil()
avto1.marka = "Toyota"
avto1.yil = 2020
avto2 = Avtomobil()
avto2.marka = "BMW"
avto2.yil = 2022Procedural yondashuvda har bir avtomobil uchun alohida o'zgaruvchilar yaratamiz. Agar 100 ta avtomobil bo'lsa, 200 ta o'zgaruvchi kerak bo'ladi. OOPda esa bitta klass yordamida xohlagancha obyekt yaratish mumkin.
Klass — bu obyektlar uchun shablon yoki qolip. U obyekt qanday ma'lumotlarga ega bo'lishini belgilaydi.
Obyekt — klassning aniq bir nusxasi. Har bir obyekt o'zining alohida ma'lumotlariga ega.
Muhim qoidalar:
OOP tushunchalarini tekshirish
Quyidagi savollarga javob bering va OOP asosiy tushunchalarini mustahkamlang: