Oldingi darslarda biz print() funksiyasi yordamida ma'lumotlarni chiqarishni o'rgandik. Endi esa dasturimizga izohlar qo'shishni o'rganamiz.
Izohlar - bu dasturimizga tushuntirish yoki eslatma qo'shish uchun ishlatiladi. Python izohlarni e'tiborga olmaydi, ular faqat dasturchi uchun yordam beradi.
Izohlarni yozish usullari:
Bir qatorli izohlar:
# Bu dastur foydalanuvchi haqida ma'lumot chiqaradi
print("Ism:", "Ali")
print("Yosh:", 25)Kod qatoridan keyin izoh:
print("Salom") # Bu qator ekranga "Salom" so'zini chiqaradi
print(42) # Bu qator ekranga 42 sonini chiqaradiBir nechta qatorli izohlar:
# Bu dastur o'quvchi haqida ma'lumot chiqaradi
# Dastur quyidagi ma'lumotlarni chiqaradi:
# - O'quvchining ismi
# - O'quvchining yoshi
print("Ism:", "Aziza")
print("Yosh:", 15)Muhim qoidalar:
# belgisi bilan boshlanadiKod oynasida har bir qatordagi xatoliklarni toping va to'g'irlang.