Python'da matnlarni chiqarish uchun print() funksiyasidan foydalanamiz. Matnlarni chiqarishda qo'shtirnoq ("...") yoki birtirnoq ('...') ishlatish mumkin. Ikkala usul ham to'g'ri hisoblanadi.
Muhim eslatma: Matnni qo'shtirnoq yoki birtirnoqsiz yozish xatolikga olib keladi, chunki Python bunday holatda matnni o'zgaruvchi yoki funksiya sifatida qaraydi. (O'zgaruvchilar va funksiyalar haqida keyinroq batafsil o'rganamiz)
Kod oynasida har bir qatordagi xatoliklarni toping va to'g'irlang.
Maslahat: Har bir qatordagi xatolikni alohida ko'rib chiqing va to'g'ri usulda tuzating. Matnni qo'shtirnoq yoki birtirnoq ichiga olishni unutmang.