Oldingi darslarda biz print() funksiyasi yordamida bitta ma'lumotni chiqarishni o'rgandik. Endi esa bir nechta ma'lumotlarni bir qatorda chiqarishni o'rganamiz.
Python'da bir nechta ma'lumotlarni chiqarish uchun har bir ma'lumot orasiga vergul (,) qo'yishimiz kerak.
Har bir ma'lumot alohida chiqariladi va ular orasiga avtomatik ravishda bo'sh joy qoldiriladi.
Ma'lumotlarni chiqarish usullari:
Matnlarni chiqarish:
print("Salom", "Dunyo") # Ekranga: Salom Dunyo
print("Mening", "ismim", "Ali") # Ekranga: Mening ismim AliSonlarni chiqarish:
print(1, 2, 3) # Ekranga: 1 2 3
print(-5, 0, 5) # Ekranga: -5 0 5Matn va sonlarni bir vaqtda:
print("Yosh:", 25) # Ekranga: Yosh: 25
print("Baholar:", 5, 4, 5) # Ekranga: Baholar: 5 4 5Muhim qoidalar:
Kod oynasida har bir qatordagi xatoliklarni toping va to'g'irlang.