Dastur foydalanuvchi bilan muloqot qilishi uchun input() funksiyasidan foydalanamiz.
input() funksiyasi kirish oynasida foydalanuvchi kiritgan qiymatni satr (string) ko'rinishida qaytaradi.
Asosiy sintaksis:
ism = input("Ismingizni kiriting: ")
print("Salom,", ism)Muhim eslatma:
input()funksiyasi har doim satr (string) qaytaradi.
Sonlar bilan ishlash:
# XATO usul:
yosh = input()
keyingi_yil = yosh + 1 # XATO! Satrga son qo'shib bo'lmaydi
# TO'G'RI usul:
yosh = int(input())
keyingi_yil = yosh + 1
print(keyingi_yil)Turli ma'lumot tiplarini olish:
# Butun son
butun_son = int(input())
print(butun_son)
# Kasr son
kasr_son = float(input())
print(kasr_son)2 sonning yig'indisini topish:
Masalan:
Kirish:
10
20Natija:
30