Keling, quyidagi misolni ko'rib chiqamiz:
print(5 + 3) # natija: 8
print(8 + 2) # natija: 10
print(10 + 5) # natija: 15
Yuqoridagi kodda har bir qator alohida hisoblanadi va natija ekranga chiqariladi. Lekin bu natijalarni keyinchalik qayta ishlatish yoki saqlash imkoni yo'q. Masalan, agar biz birinchi qatorning natijasini (8) keyingi qatorlarda ishlatmoqchi bo'lsak, bu imkonsiz.
Keling, boshqa misolni ko'rib chiqamiz. Aytaylik, biz ikkita sonni qo'shib, keyin esa bu natijani 2 ga ko'paytirishimiz kerak:
print(5 + 3) # natija: 8
print(8 * 2) # natija: 16Bu yerda muammo shundaki, birinchi qatorning natijasi (8) ekranga chiqariladi va keyin yo'qolib ketadi. Shuning uchun ikkinchi qatorda biz 8 ni qaytadan yozishimiz kerak. Lekin dasturda ko'p sonli hisob-kitoblar bo'lganda, barcha oraliq natijalarni yodda saqlash va qayta yozish juda qiyin.
Bu muammoni hal qilish uchun maxsus konteynerlar ishlatiladi. Bu konteynerlar kompyuter xotirasida ma'lumotlarni saqlash imkonini beradi. Xuddi biz qo'limizda qog'oz bo'lsa, hisoblash natijalarini yozib olganimiz kabi, bu konteynerlar ham dasturda hisoblash natijalarini saqlash uchun ishlatiladi. Dasturlashda bu konteynerlarni o'zgaruvchilar deb ataymiz.

Misol uchun:
summa = 5 + 3 # natija 8 o'zgaruvchida saqlanadi
print(summa) # 8 chiqariladi
print(summa + 2) # 10 chiqariladi
print(summa * 2) # 16 chiqariladi
Yuqoridagi misolda summa o'zgaruvchisi yaratildi va unga 5 + 3 hisoblash natijasi (8) saqlandi. Keyin bu o'zgaruvchini bir necha marta ishlatdik:
Muhim qoidalar:
O'zgaruvchilarni amalda qo'llash
Quyidagi amallarni bajaring:
son o'zgaruvchisida saqlangson o'zgaruvchisini uch xil ko'rinishda konsolga chiqaring:
son ning o'zinison ga 2 ni qo'shibson ni 2 ga ko'paytiribBu mashq orqali siz: