Satrlar ustida foydali amallarni bir-birma o'rganib chiqamiz.
1. upper() - Katta harflar
Satrning barcha harflarini katta qilish uchun upper() metodidan foydalanamiz:
ism = "ali"
katta_ism = ism.upper()
print(katta_ism) # ALI2. lower() - Kichik harflar
Satrning barcha harflarini kichik qilish uchun lower() metodidan foydalanamiz:
ism = "DILSHOD"
kichik_ism = ism.lower()
print(kichik_ism) # dilshod3. title() - Birinchi harfni katta qilish
Har bir so'zning birinchi harfini katta qilish uchun title() metodidan foydalanamiz:
ism = "ali valiyev"
togri_ism = ism.title()
print(togri_ism) # Ali ValiyevEslatma: title() har bir so'zdagi qolgan harflarni kichik qiladi.
Diqqat: title() apostrof (') dan keyingi harfni ham yangi so'z boshi deb hisoblab katta qiladi. Masalan, "o'rinov".title() → "O'Rinov" (kutilgan "O'rinov" emas). Shuning uchun apostrofli o'zbekcha ismlarni formatlashda ehtiyot bo'ling.
4. strip() - Bo'shliqlarni olib tashlash
Satr boshida va oxiridagi bo'shliqlarni olib tashlash uchun strip() metodidan foydalanamiz:
matn = " salom "
tozalangan = matn.strip()
print(tozalangan) # salomIsmni 3 xil ko'rinishda chiqarish
Foydalanuvchi to'liq ismini kiritadi (katta-kichik harflar aralash, boshida/oxirida ortiqcha bo'shliqlar bilan). Avval bo'shliqlarni tozalang, so'ng ismni uchta ko'rinishda chiqaring:
.title().upper().lower()Masalan:
Kirish:
aLI vAliyevNatija:
To'g'ri: Ali Valiyev
Katta: ALI VALIYEV
Kichik: ali valiyev