continue operatori - bu sikldagi joriy iteratsiyani o'tkazib yuborish uchun ishlatiladi.
break dan farqli o'laroq, continue siklni to'xtatmaydi, faqat hozirgi qadamni o'tkazib yuboradi.
Ya'ni, sikl ichidagi o'zidan keyingi kodni bajarmasdan siklning boshiga qaytadi.
Masalan, 1 dan 5 gacha sanayotganda, 3 raqamini o'tkazib yubormoqchimiz:
for i in range(1, 6):
if i == 3:
continue
print(i)Natija:
1
2
4
53 ni chiqarmadi, chunki i == 3 bo'lganda continue ishga tushdi va print(i) bajarilmadi.
Yuqoridagi kodning bajarilish jarayoni:
Loading diagram...
i = 0
while i < 5:
i += 1
if i == 3:
continue
print(i)Natija:
1
2
4
5Muhim: while siklida continue dan oldin o'zgaruvchini o'zgartirishni unutmang!
Faqat juft sonlarni chiqarish:
for i in range(1, 11):
if i % 2 != 0: # toq son
continue
print(i)Natija: 2, 4, 6, 8, 10
continue operatori bo'yicha test savollari